Skip to content

Seni Bugun

Ohunjon Madaliyev
Popularity · Low

YouTube

Searching YouTube...

Lyrics

G'amgin yurak, g'amgusor yurak, Bechorani xo'rlasang bo'lmas. Seni bugun ko'rishim kerak, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar qo'ygaymi omon? Tushun, seni sog'indim yomon, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Balki quyosh kular ertaga, Ochiladi gullar ertaga. Nima bo'lsa, bo'lar ertaga, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun? Men ertaga yashashim uchun Seni bugun ko'rmasam bo'lmas. Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...