Skip to content

Qaydasan gulim

Popularity ยท Low

Listen

YouTube

0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced

Lyrics

Kuplet #1 Qaydasan gulim, Sog'indim-sog'indim vaslingni. Gavharim, durim, Sog'indim bebaho qalbingni. Qaydasan go'zal, yuzlari oqim, Mani bahorim, qaydasan? Alam, bu alam, ko'risholmaymiz, Ko'zdagi yoshim, alamim. Yuragimga to'lib ketdi Sanga aytar so'zlarim. Qalbim o'zi yig'ib aytdi Jondan ortiq sog'inganim. Tor ko'changda qolib ketdi Qora, ma'yus ko'zlarim. Endi nahot ko'rishmaymiz, Ko'rishmaymiz, keragim? Kuple #2 Qaydasan go'zal, shahlo ko'zim, Mani shirin so'zim, qaydasan? Bepayon yo'llar, topolmadim Bir tola soching ham, izlasam. Baxtlimisan ayt, nozikkinam, Mani yolg'izginam, baxtlimisan? Yo menday uzun sog'inching bormi, Mendayin zormi tunu-kun? Naqorat Yuragimga to'lib ketdi Sanga aytar so'zlarim. Qalbim o'zi yig'ib aytdi Jondan ortiq sog'inganim. Tor ko'changda qolib ketdi Qora, ma'yus ko'zlarim. Endi nahot ko'rishmaymiz, Ko'rishmaymiz, keragim? Kuplet #Rap Yurak ado, so'ndi, so'ndi, so'ndi, Shuni ravo ko'rdi, ko'rdi, ko'rdi. Butun edik, bo'ldi, bo'ldi, bo'ldi Ikkiga yo'lni, yo'lni, yo'lni. Taqdirlar bitta-bitta yondi, Yulduzlar bitta-bitta yondi. Va barchasi bitta-bitta ko'rdi Ichimdagin, to'ldi, to'ldi, to'ldi... Kuplet Yuragimga to'lib ketdi Sanga aytar so'zlarim. Qalbim o'zi yig'ib aytdi Jondan ortiq sog'inganim. Tor ko'changda qolib ketdi Qora, ma'yus ko'zlarim. Endi nahot ko'rishmaymiz, Ko'rishmaymiz, keragim?