Vaqt
Popularity ยท Low
Listen
YouTube
0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced
Lyrics
Yana qaytdi kuz
Yana daraxtlardagi barglar
To'kiladi yerga xazonlar, yomg'irlar
Kuz, muncha ko'p meni yo'qlamasang
Bolaligim olganing mayli
Yoshligimni olib ketmoqdasan, kuz
Xazonlar, biz o'ynab yurgan bog'lar
Xazonlar, ulg'ayib bo'libmizku qaranglar
Yerlardan uchirmoqda shamollar
Va yerda xazonlar
Yomg'irlar, muncha ko'p yig'lamasa osmonlar
Derazamdagi mayda tomchilar
(Balki mani so'rab kelgan ular)
Kuz, munchalar shoshmasa soatlar
Tugamoqda daraxtlarda barglar
Oylarning ortidan quvar oylar
Tugadiku kuz, yana qaytdi qish
Yana vaqt mag'lub
Kelib bo'ldiku sovuq
Osmondan uchib kelar mayda parchalar
Ko'chalarda oppoq archalar
Bolalikdan parcha-parchalar
Ko'chada qor, kimdir ishga shoshar
Kimdir o'qishga, kimdir hammadan xursand
Kimning ichi to'la g'am
Oyni yarmi yorug', yarimi qora
Agarda senda bo'lsa qora
Hali hayot oldinda
Hali bu kunlar qolib ketadi ortingda
Qayerdan deysan shuncha tashvishlar
Chenalarimiz ham qolib ketdi podvolda
Ulg'ayib bo'libmizku, o'zingga bir qara
Qor, yoshligimni qaytargin bir bor
Maktab chog'larimni sog'indim
Yana bir birimizga otib qor
O'ynab yurganim, hammasi tamom
O'tgan yillarim, qaytsa edi bir on
Osmondan uchib kelar mayda parchalar
Ko'chalarda oppoq archalar
Bolalikdan parcha-parchalar