Yolg'izman
Popularity ยท Low
Listen
YouTube
0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced
Lyrics
Ko'ngilda ishq ozori,
Yurakda g'am bozori.
Hayolda yor diydori,
Yolg'izman.
Tunim o'tar ingroqda,
Dard tiqilar tomoqqa.
Bu dardlarni engmoqqa,
Ojizman.
Yarim dilim yancharlar,
Yuragimda hanjarlar.
Ayamayin sancharlar,
Holsizman.
Kim do'stimu kim dushman,
Bilolmay faromushman.
Qanoti singan qushman,
Qo'lsizman.
Pushaymon dil yonmoqda,
Jon o'zidan tonmoqda.
Ortinga qayt demoqqa,
Tilsizman.