Lolalar
Sanjar Halikov
Popularity ยท Low
Listen
YouTube
0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced
Lyrics
Niholdek ochilgan gulim
Sengadir bog'langan dilim
Sog'inchimni bilmaysan
Yulduzlar boqar yuzimga
Oy ham sirdoshdir o'zimga
Nigohim zordir yo'lingga
Oh, qanchalar ko'rgim kelar
Sog'inch qalbimni tirnar
Mana gullaydi lolalar
Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar.
Qizil gul lolalar, sog'inchli nolalar
Har kun yuragimda
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan
Faqat bu lolalar, sog'inchli nolalar
Olgin yuragimdan
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan
Sog'inchdan qurdim qasrlar
Ohlarim bildi samolar
Bizga hamroh afsonalar
Keladi biz kutgan kunlar
Oq libosing ham nurlanar
Qo'llaringda ham lolalar
Oh, qanchalar ko'rgim kelar
Sog'inch qalbimni tirnar
Mana gullaydi lolalar
Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar
Qizil bu lolalar, sog'inchli nolalar
Qolgan yuragimda.
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan.
Faqat bu lolalar, sog'inchli nolalar
Har kun yuragimda.
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan
Qizil bu lolalar, sog'inchli nolalar
Qolgan yuragimda
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan
Faqat bu lolalar, sog'inchli nolalar
Har kun yuragimda.
Yog'adi yomg'irlar, sensiz bu lolalar
So'nadi sog'inchdan