Skip to content

Kuyoshga

Popularity ยท Low

Listen

YouTube

0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced

Lyrics

Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Qandayin san do'stimsan, Ohlar to'la ko'ksimda, Oh urib ketmassan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Suvingga qo'shib yoshimni, Qiblaga qaratib boshimni, Yotqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Men kimman, men bir yolg'izman, Suv bo'yida bir yalpizman, Oqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Onamdek erib boqqan suv, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?