Skip to content
Lyric
Dive
Public playlists
My playlists
Search
Sign in
Izhor
Shahriyor
Popularity ยท Low
+
๐บ๐ฟ Uzbek ยท Original
0
0
Listen
YouTube
1
2
3
0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced
Lyrics
Original
Translation
Bilingual
Sevgi nima - azob-hijronmi yoki dilni mast etuvchi may?
Sevgi nima - bu imtihonmi yoki tong payt yig'latuvchi nay?
Sevgi nima - ahd-u vafomi, dilga cho'kkan xohish-xatomi?
Sevgi nima - o'tli nafasmi yoki shunchaki orzu-havasmi?
Sevgi nima - go'zal ijodmi, sevishganlar umrbod shodmi?
Sevgi nima - ilohiy kuchmi yoki faqat itoat-burchmi?
Sevgi nima - bir shirin tushmi yoki sevib so'ng unutishmi?
Sevgi nima? (Sevgi nima?) Aaayyt!
Sevgi nima? (Sevgi nima?) Ayt! (Ayt!)
ย
Ayt! (Ayt!) Kimga keragi bor yaralangan dil?
Nega boshqasin sevaman demaydi til?
Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan
Sog'indim yulduzim osmon esa baland
Alam! Alam! Qizig'i yo'q olam
Atrof to'la odam, jargacha bir qadam
Hech kim bermas yordam
Dunyo qorong'u g'am. Maylimi so'rasam?
Maylimi so'rasam?
Kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring?
Kimning yuzini ayt silaydi qo'llaring?
Kimning mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz? (keraksiz)
Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz? (sensiz)
Yuragim tubida hukm suradi dard (dard)
Ichimdan sezaman sendan kechmog'im shart! (shart)
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim
Lek baribir
Sevgi nima - bu azob yoki malham?
Bu savolga javob yo'q xato menda ham
Kuyga solaman dildan chiqqan so'zlarimni
Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni
Sevgi nima o'zi, nega unga intilamiz?
Mushkul erishamiz so'ngra oson yo'qotamiz
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat
Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabad
ย