Tushimda Kursam Edi (If I Could Dream)
Sheraly Juraev
Popularity ยท Low
Listen
YouTube
0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced
Lyrics
Nigori gulbadanimni tushimda ko'rsam edi,
Labi shirin, shakkarimni tushimda ko'rsam edi.
Nigori gulbadanimni tushimda ko'rsam edi,
Labi shirin, shakkarimni tushimda ko'rsam edi.
Ko'z ochmayin g'amida ro'zg'orim o'tguvchidur,
Ki yori siym-tanimni tushimda ko'rsam edi.
Ko'z ochmayin g'amida ro'zg'orim o'tguvchidur,
Ki yori siym-tanimni tushimda ko'rsam edi.
Ki davri rohatim o'tdi, zim saodat edi,
Murod-u jonu tanimni tushimda ko'rsam edi.
Yuzi gul, qoshi shamshod, ko'zlari nargiz,
Bahori yosumanimni tushimda ko'rsam edi.
Bahori yosumanimni tushimda ko'rsam edi.
Labimg'a keldi oning vaslini izlab jonim,
Balo o'ti ekanimni tushimda ko'rsam edi.
Hamisha bulbuli ta'bim fig'on-u zor etar,
Ki orazi chamanimni tushimda ko'rsam edi.
Hamisha bulbuli ta'bim fig'on-u zor etar,
Ki orazi chamanimni tushimda ko'rsam edi