Skip to content

Meni baxtim

Shohrux (Ummon)
Popularity ยท Low

Listen

YouTube

0:00 / 0:00
Loading YouTube player...
Lyrics offset
Synced

Lyrics

Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so'z topilmasa Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo'lib qolasan Nahotki, yarim bo'lagim, ko'nglim yarmim bo'lib olasan Uch kundan beri uyqu yo'q, almashtiradi oy quyoshni Lekin manga farqi yo'q Halovat yo'qolgan, topilmaydi o'zimni qo'ygani joy Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so'rar najot O'sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo Qiziqtirmas olam, "tv"dagi navo Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol? Ou mani baxtim, qarshingdaman so'nggi bor Nahot qolmadi vaqtim? So'zlarim tingla so'nggi bor O mani baxtim, endi bir o'zing yet orzularimizga Qolmadi vaqtim, ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga Ou, ketaver go'zalim, ortingga hech qayrilma Mayli, baxtli bo'l, meni esa hech o'ylama Ou, sen ketaver go'zalim, ortingga hech qayrilma Sevganing bilan baxtli bo'l, hech qachon undan ayrilma Endi mani ko'zlarim bilan olamga qara Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz Oddiy ko'chalardan topib go'zal manzara Hayotga sevgan ko'zlar bilan qara Endi mani xursandim bilan boshlagin kuning Baxt sababchi bo'lsin ko'zing yoshilagan kuning Endi mani qo'ng'iroqlarim buzmaydi tuning Endi yuzingdagi tabassum bo'lmaydi sun'iy Endi hayotimning nuri bilan yorit yo'ling Qiyin bo'lganda orzularimiz tutsin qo'ling Endi mani fe'lim bilan tashvishga beparvo Bo'lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz Endi bo'lsin o'sha shirin tushlaring bari rost Bo'l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam Man esa qoldi, qanotlarimda Ou mani baxtim, qarshingdaman so'nggi bor Nahot qolmadi vaqtim? So'zlarim tingla so'nggi bor O mani baxtim, endi bir o'zing yet orzularimizga Qolmadi vaqtim, ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga Ou, ketaver go'zalim, ortingga hech qayrilma Mayli, baxtli bo'l, meni esa hech o'ylama Ou, sen ketaver go'zalim, ortingga hech qayrilma Sevganing bilan baxtli bo'l, hech qachon undan ayrilma